Matematikadan Xalqaro Kenguru Tanlovi

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar


Qanday tanlov?  Matematika fanidan Xalqaro Kenguru tanlovi
Kimlar uchun? O'zbekiston Respublikasi 1-11 sinf maktab o'quvchilari uchun
Qayerda?  O'zbekiston Respublikasi maktablarida ( Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xiva, Namangan, Andijon singari barcha yirik shaharlarda)
Qachon?  2023 yil 25 martda
Qanday qilib ishtirok etishim mumkin? 31 yanvargacha qadar Olympia.uz saytida ro'yhatdan o'tish va 100 000 so'm miqdorida to'lovni amalga oshirish orqali
Qanday shaklda? Savol va beshta javob variantlari mavjud test shaklida
Tanlovdan yana nima olaman? Esdalik sovg'alari va sertifikat.

 

Eslatib o'tamiz, Kenguru tanlovining barcha ishtirokchilari uchun qimmatbaho sovg'alar o'yini bor. Shartlar shu yerda: https://t.me/contest_kenguru_uz/2790

Ro'yxatdan o'tish uchun  olympia.uz/ru/k23

Tanlov qoidalari

Imtihon o’tkazilish vaqti 1 soat 15 daqiqa davom etadi. Tanlov vazifalari 1-4 sinf bolalari uchun 24 ta savoldan iborat bo’lib, 5-11 sinf bolalari uchun esa 30ta vazifalardan tashkil topadi. Har bir savolga bor yo’g’I bitta to’g’ri javob mavjud. Vazifalar uch darajaga bo'lingan: 3 ball - oson, odatda kulgili vazifalar; 4 ball - maktab dasturiga yaqin vazifalar; 5 ball qiyin, chuqur fikrlashga undaydigan vazifalar. Belgilangan vazifaning doirasi va mazmuni uning to'liq bajarilishini talab qilmaydi; Vazifa savollariga maktab dasturidan tashqari savollardan ham tashkil topishi mumkin! Tanlov qatnashchisi eng ko’pi bilan 126 (1-4 sinflar uchun) yoki 150 (5-11 sinflar uchun) ball yig’ishi mumkin. Tanlov davomida o’quv qo’llanmalardan, konspektlardan, elekton hisoblagichlardan, boshqa elektron uskunalardan foydalanish va boshqa qatnashchilar bilan masalalarning echimlarini va javoblarini muhokama qilish man etiladi. Tanlov o’tkazilishi rasman tugatilmagunga qadar tanlov o’tkazilayotgan joyni tark etish qat’iyan man etiladi. Agarda bunga qattiq zarurat paydo bo’lgan bo’lsa qatnashchi qo’lini ko’tarib tashkilotchilarning yordami bilan galma-galdan xojatxonadan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari tanlov qatnashchisi o’z chanqoqlarini bosishlari maqsadida tashkilotchilardan suv so’rashlari mumkin (har bir imtixon o’tkazilishi ko’zda tutilgan xonalar suv va bir marotaba ishlatish uchun mo’ljallangan idishkar bilan ta’minlangan). Xojatxonaga chiqich uchun ajratilgan vaqt tanlov o’tkazilish vaqtini uzaytirilishiga olib kelmaydi. Tanlov vazifalari ustida mustaqil va halol ravishda ishlash - musobaqa ishtirokchilariga qo’yilgan tashkilotchilarning asosiy talabi; Ushbu talabga rioya etmaslik ishtirokchilarni tanlovdan chetlashtirilishlariga olib keladi, ya'ni ularning natijalari hisoblanmaydi. Tanlov yakunlanganidan so'ng, imzolangan javoblar varaqasi tanlov tashkilotchilariga topshiriladi. Hisob kitob uchun ishlatilgan varaq va tanlov vazifalari to’plamini tanlov qatnashchisi o’zi bilan olib ketishi mumkin. Tanlov ishtirokchilarining natijalari musoboqadan 1-1,5 oy o'tgach  qo’shimcha ma’lumot shaklida taqdim etiladi.

Rasmiy TG-kanal: t.me/contest_kenguru_uz