Tabiatshunoslik bo'yicha "Oilaviy" onlayn tanlovining qoidalari:
1. Tanlov davomiyligi 60 daqiqa.
2. Tanlov shakli - 30 savoldan iborat onlayn test. Siz taklif qilingan to'rtta javobdan bitta to'g'risini tanlashingiz mumkin.
3. Savollar uchta qiyinchilik darajasiga bo'linadi va quyidagicha baholanadi:
- boshlang'ich sinf o'quvchilari bajarishi mumkin bo'lgan oson vazifalar - har bir to'g'ri javob uchun 3 ball;
- o'rta maktab o'quvchilari uchun qiyinroq vazifalar - har bir to'g'ri javob uchun 4 ball;
- katta sinf o'quvchilari va ota-onalar uchun qiyin vazifalar - har bir to'g'ri javob uchun 5 ball.
4.Tanlov ishtirokchilari olishi mumkin bo'lgan maksimal ball 120 ball.
6. Tanlovning maqsadi: do'stona va iliq oilaviy muhitda Tabiatshunoslik fanni bo`yicha bilimni sinash. Internet manbalaridan foydalanishga ruxsat berilgan, ammo shuni eslatib o'tamizki, birinchi o'rinlar qisqa vaqt ichida eng ko'p ball to'plagan birinchi 3 ishtirokchi oilalarga beriladi.
7. Ishtirokchilar natijalari va onlayn sertifikatlarni bizning veb-saytimizda tanlov tugagandan so'ng darhol tag`dim etiladi.
Aziz ota-onalar, umid qilamizki, siz tanlovda qatnashayotgan vaqtda qiziqarli muhit yaratasiz va bolalarga zavq bilan bilim olish mumkinligini o'zingizning namunangizda ko'rsatasiz.